Aksiyadorlik kompaniyasi
- 15 Mart 2017
- Kurildi: 18480
Aksiyadorlik kompaniyasi «Bosh Maxsus Konstruktorlik Byurosi - Agromash» (OAJ «BMKB – Agromash») 1946-yilda yaratilgan, paxta uchun GSKB mashinalari 1995-yilda yaratilgan.
Konstruktorlik byurosi 90-yillar boshidan buyon nafaqat paxtachilik uchun, balki g‘allachilik, yem ishlab chiqarish, kartoshkachilik qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari uchun yangi texnika yaratish, sinash va joriy etish boyicha ilmiy-amaliy tajriba-konstruktorlik ishlarini olib bormoqda.
Hozirgi vaqtda konstruktorlik byurosi tanlov boyicha g‘olib bo‘lgan davlat ilmiy- texnik dasturlariga kiritilgan amaliy ilmiy tadqiqot loyihalari bo‘yicha ish olib bormoqda.
1946-yildan boshlab yaratilgan intellektual mulk ( mualliflik huquqi, patent, foydali modellar, sanoat namunalari, texnik hujjatlar va boshqalar) korxonaga ilmiy-tadqiqot amaliy-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish imkonini beradi.